xotir
bilan ulashing
1. Esda saqlash, eslab qolish, esga tushirish qobiliyati; es, yod; xayol.
-
Xotirimda: ilk boʻsa bizni Haddan ziyod qilmish edi shod. Uygʻun
-
Giyohlarning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan, bir-bir xotirda tiklab chiqdim. M. M. Doʻst, Lolazor
2. Oʻylash, fikrlash qobiliyati; fikr; miya.
-
U yoqimli ovoz va shoʻx ohangni butun vujudi bilan tingladi. Tinglagan sayin xotiri ravshanlashardi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
3. Biror kimsa uchun qilinadigan hurmat; yuz-xotir, andisha.
-
— Xoʻp, sinf rahbaring xotiri [tufayli] gunohingdan oʻtib turamiz, — dedi direktor Toʻlaga. M. Ismoiliy, Bizning roman
-
Hech boʻlmaganda ikkala bolasining xotiri uchun xotinini hurmat qilish lozim edi. I. Akram, Adolat
xotir soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotirga kelmoq
-
Janobi meʼmor, bu toshlardan zinapoya tarashlash xotirlariga kelmabdi-da. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
Xotirda tutmoq
Xotirdan kechmoq
-
Yoshlik yillarim xotirimdan kechdi.
-
Hakimboyvachcha yolgʻiz qolarkan, uning maʼlum va chala maʼlum kirdikorlarini bir-bir xotirdan kechirdi Oybek, Tanlangan asarlar
Xotirdan koʻtarilmoq (yoki chiqmoq)
-
Sizga bu gapni aytish xotirimdan koʻtarilibdi
Xotiri jam
-
— Hamisha dadil boʻlamiz, Zayniddin aka, xotiringiz jam boʻlsin, — dedi oʻzicha [Zayniddin]. S. Karomatov, Bir tomchi qon
Xotiri parishon
-
[Lutfiniso] Qudalari koʻrsatgan eʼzoz va eʼtibordan mamnun boʻlsa-da, uning xotiri parishon, koʻngli notinch edi. Oybek, Tanlangan asarlar
XOTIR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОТИР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xotir so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar