opa
bilan ulashing
1. Bir ota-onadan tugʻilgan farzandlar ichida oʻzidan kichiklarga (ukalarga, singillarga) nisbatan katta qiz.
-
Opasi erga tekkanda, Adolat oʻn bir yashar qiz edi. A. Qahhor, Qizlar
-
Nizomjon opasiga koʻrinmay, yongʻoq orqasidan aylanib oʻtib ketdi. S. Ahmad, Ufq.
2. Oʻzidan katta, baʼzan kichik ayollarga hurmat yuzasidan ularning ismiga qoʻshib ishlatiladi, masalan,
-
Mastura opa, Malika ona.
-
Rais opa ham shu yerda boʻlsalar kerak. S. Ahmad, Ufq
-
Yoʻq, Moʻttixon opa, bu ishni kechiktirmang, jon Moʻttixon opa. S. Zunnunova, Olov
3. Oʻzidan katta, baʼzan kichik ayollarga hurmat bilan murojaat qilish shakli.
-
Suhbatda Mastonning salmogʻi tobora ortmoq-da edi. Ilgari singlim deb turgan yigitlar sal oʻtmay opa deydigan boʻlishdi. A. Qahhor, Maston
-
Hormang, opa, charchamadingizmi? Ishlar qalay? T. Ashurov, Oq ot
-
— Opa, nima ish bilan shugʻullanasiz? — dedi ofitsiantka. Gazetadan
OPA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ОПА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
opa so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar