xotima
bilan ulashing
1. Biror narsa, voqeaning yakuni, tamom boʻlishi.
-
Bu yakun, bu xotima Tolib akaga mutlaqo yoqmadi. F. Musajonov, Himmat
2. Badiiy yoki ilmiy asarning oxirgi yakunlovchi qismi, xulosa qismi; epilog.
-
Avaz hikoyat xotimasida berilgan bir baytga koʻz yugurtirib qizardi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
xotima soʻzi qatnashgan jumlalar:
Xotima bermoq
-
Endi Margʻilon qatnab yurishlarga xotima berilgandek va Margʻilon ham undan [Otabekdan] Tagʻin menda nima ishing bor? deb soʻragandek boʻlar edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Xotima yasamoq
-
[Domla] Gʻulomjonga oʻqrayib, gapiga xotima yasadi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
XOTIMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ХОТИМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
xotima so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar