fig‘on
bilan ulashing
Qattiq xafa boʻlish, qaygʻurish, alam chekish tufayli yuz beradigan yigʻi-sigʻi; nola, faryod.
-
Ona figʻon bilan yugurib kelib, mirshab qoʻliga osildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Qurboning boʻlayin, ey onajonim, Sening faryodlaring — mening figʻonim. M. Yusuf, Uyqudagi qiz
fig‘on soʻzi qatnashgan jumlalar:
Figʻon chekmoq (yoki tortmoq)
-
Tanbur mungli tovushda figʻon cheka boshladi. E. Usmonov, Yolqin
-
Qandaydir hasharot chiyillab figʻon chekadi. F. Musajonov, Himmat
-
Bu yerlarda qaygʻu muttasil kezar. Bu yerda shamollar tortardi figʻon. Gʻ, Gʻulom
Figʻoni oshmoq (yoki chiqmoq)
-
Buni koʻrgan Gulchehraning figʻoni oshdi, chin yurakdan achindi. Gazetadan
-
Ashurali qizning boʻsh kelmayotganligidan figʻoni oshdi. Sharq yulduzi
-
Figʻoni chiqib Jalilovning oʻzi yetib keldi. I. Rahim, Zangori kema kapitani
Figʻoni falakka (yoki koʻkka, osmonga) chiqmoq (yoki koʻtarilmoq)
-
Inobatning figʻoni falakka chiqdi. J. Sharipov, Saodat
-
Cholning figʻoni koʻkka chiqib, ularni oldiga solib quvib ketdi. H. Ahmar, Kim haq?
FIG‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ФИҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
fig‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar