yegulik
bilan ulashing
1. Yeyiladigan, ovqat uchun isteʼmol qilinadigan narsa; oziq-ovqat.
-
Ziyofatlarga borganda-ku, yoniga oʻtirib olib, tarelkasiga yegulik toʻldirish bilan band boʻlardingiz. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Dasturxonni yoz! Yegulik narsang bormi? Choʻlpon, Kecha va kunduz
2. Oʻz ehtiyoji uchun ekilgan yoki ajratilgan narsa, oziq-ovqat haqida.
-
Yegulik qovun. Yegulik un.
-
Qolgani — bola-chaqamga yegulik. Jamoa tekshirib koʻrgan. Botiralidan soʻrang! H. Gʻulom, Mashʼal
-
Shunda Binoiy yodaki bir ruboiy aytib, yegulik gʻallasi yoʻqligini, kiyay desa, gʻallaning qopi ham topilmasligini aytdi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
3. Yeyish uchun kerakli, yeyishga yetarli.
-
Bu yil yaxshi meva qilmadi-yu, har qalay yegulik topiladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
YEGULIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕГУЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YEGULIK so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YEGULIK so‘ziga berilgan ma’nolar
yegulik so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yegulik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar