yel
bilan ulashing
1. Harakatga kelmoq, esmoq.
-
Shamol oʻynab, shamol yeladi. E. Rahim
-
Qir ustida shabada Bir tekisda yelmoqda. Z. Diyor
2. Shamolda, shamol kuchi bilan yurmoq, uchmoq.
-
Haydar ota uning ketida qolib, asta-sekin yelib yurgan sargʻimtir changga qaraganicha xomush qolgan edi. A. Qahhor, Asror bobo
3. Tez yurmoq, yugurmoq, shamoldek uchmoq.
-
Askarlar turnaday tizilib, yelib ketishdi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Poyezd shu qadar yelmoqdaki, Normatning nazarida poyonsiz dasht chir aylanib, telegraf stolbalari unga qarab chopib ketayotganday. I. Rahim, Chin muhabbat
-
Avaz aravaga chiqib ulgurmay, ot yelib ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
4. sheva Yeldirmoq.
-
Maydon-maydon bedovlarni yelinglar Ergash Jumanbulbul oʻgʻli
-
Tekis yerda bedov otni yelaman. Oysuluv
YEL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yel so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar