yelim
bilan ulashing
1. Daraxt tanasidan silqib chiqib, qotib qolgan yopishqoq shira.
-
Mastonbibi konvertni oʻrik yelimi bilan yopishtirib, boyagidek qilib qoʻydi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
2. Ulash, biriktirish uchun ishlatiladigan yopishqoq modda; kley.
-
Duradgorlik yelimi. Yelim pishirmoq.
-
Parcha-parcha xaritalarni yelim bilan yamab, koʻk, qizil chiziqlar chizib qoʻyilgan joylarini koʻrsatdi. I. Rahim, Chin muhabbat
3. koʻchma Xiralik qilib yopishaveradigan; shilqim.
-
Bu toifa odamlardan qochib qutulmasang, boshqa yoʻl bilan qutulib boʻlarmidi. Yelim-ku, yelim ular. S. Ahmad, Hikoyalar
-
Nodirbek oʻlgudek shilqim, yelim, yopish-qoq yigit ekan. M. Qoriyev, Oydin kechalar
4. so‘zlashuv tili Baʼzi buyumlarni ishlash, yasash uchun qoʻllanadigan sunʼiy modda; sellyuloza.
-
Yelim paqir.
-
Lekin Oʻljayev yopishgan yeridan uzib oʻrgangan, yelim qoshiq odam ekan Mushtum
-
Mulozim yigitning yelim patnisda issiq kofe keltirganini ham sezmadi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
YELIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
YELIM so‘zining sinonimlari
Sinonimlarni ko‘rish uchun ro‘yxatdan o‘tingFoydalanuvchilar tomonidan YELIM so‘ziga berilgan ma’nolar
yelim so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
yelim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar