yelka
bilan ulashing
1. Qoʻlning tanaga yaqin qismi.
-
Ahmadjon uni darhol tortib olib qarasa, oʻng qoʻli yelkasidan uzilgan. A. Qahhor, Oltin yulduz
-
Aravakash yelkasini gupchakka tirab itarsa ham, ot toʻrt oyogʻi yerga mixlanganday, qimir etmasdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Har yelkasida menday bolalardan ikkitasi oʻtirsa boʻlar. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Tananing ikki yelka, kurak qismi, kift.
-
Salimboyvachcha oʻz yoniga bir xotinni oʻtqazdi U yelkasi keng, koʻkrakdor, loʻppi yuzli edi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. koʻchma Kiyimning yelka ustida turadigan qismi.
-
Koʻylakning yelkasi toʻgʻri kelmadi.
4. koʻchma Zimma, gardan.
-
Terimni mashinalar yelkasiga yuklaganmiz. A. Ahmadjonov, Ish boshi
5. tex. Richagning tayanch nuqtasidan kuch qoʻyilgan nuqtasigacha boʻlgan qismi.
-
Yelkasini toʻgʻrilab olmoq.
yelka soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yelkasi yerga tegmagan
Yelkaga minib olmoq
-
Yelkamga [xoʻjayinlar] xoʻp minishdi. Endi bas! Oybek, Tanlangan asarlar
-
Musulmonqul el yelkasiga mindi A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
Yelka(si)ga ortmoq (yoki yuklamoq)
-
Hamma ishni oʻrinbosari yelkasiga yuklabdi.
Yelkamning chuquri koʻrsin
-
Zunnunxoʻjaning uyini yelkamning chuquri koʻrsin. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
Yelkasini qismoq
-
Yormat koʻchadan keldi, yelkasini qisib, tanchaga oʻtirdi. Oybek, Tanlangan asarlar;
-
— Akang uyga ketdimikin? — deb soʻrashdi Davlatyordan. U yelkasini qisdi, chunki bilmas edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
Yelkasidan safar oyi koʻrinmoq
-
E, sen, yelkangdan safar oyi koʻrinib qopti-yu, yana menga tik gapirasan-a, gadoyvachcha! K. Yashin, Hamza
YELKA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕЛКА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yelka so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar