yerlik
bilan ulashing
1. Shu yerning oʻzida tugʻilib oʻsgan, tub joylik, mahalliy.
-
Bundan uch yil burun, Andijon zilzilasidan keyin, Simxoyev zavodidagi yerlik ishchilar ish tashladilar. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Olga ham, eri Ivan Pavlovichga oʻxshab, odamshavanda chiqdi. Yerlik qoʻshni xotinlar bilan inoqlashib ketdi. J. Sharipov, Xorazm
2. Yerda yashovchi, Yerga mansub.
-
Kemamiz Yer atrofini aylanib turadi. Uning shunday moslamalari borki, mavjudligini yerliklar sezishmaydi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
-
Yerliklarning bobokalonlari ham Zangining toʻrtinchi sayyorasidanligiga imonim komil. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
3. Koʻrsatish, soʻroq olmoshlari va boshqalar baʼzi soʻzlar bilan qoʻllanib, shu soʻzlar qayd etgan joyga mansublikni bildiradi.
-
Bu yerlik. Oʻsha yerlik.
-
Ustod Qavom shu yerlik, bizning aslimiz Buxorodan Mirmuhsin, Meʼmor
yerlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yerlik qilmaydi
-
U yer sizlarga yerlik qilarmidi. Tuygʻun, Zulfizar
YERLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЕРЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yerlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar