yigirma
bilan ulashing
1. 20 raqami va shu raqam bilan ifodalangan son, miqdor.
-
Yigirma kishi. Yigirma kun. Yigirma litr sut. Yigirma soʻm. Yigirma tup koʻchat.
-
U koʻrinishda uyatchan, yigirma yashar yigit edi. Oybek, Tanlangan
-
Asarlar
-
Dadam asli oʻsha yerlik ekan-u, bundan yigirma yilmi, oʻttiz yilmi oldin bu yoqqa kelib qolgan X. Toʻxtaboyev, Shirin qovunlar mamlakati
2. etn. Kishi vafotidan soʻng oʻn yettinchi yoki oʻn toʻqqizinchi kuni oʻtkaziladigan marosim.
-
Yoʻldosh motamsaro. Onasining janozasi, yigirmasi, qirqi, xatmi qurʼon deb, ancha chiqimdor boʻlganga oʻxshaydi. S. Anorboyev, Mehr
-
Odatga muvofiq onamning yigirmasini oʻtkazaman, deb bor-yoʻq pullarimdan ajratdim. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
YIGIRMA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИГИРМА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yigirma so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar