yigit
bilan ulashing
1. Jinsiy va jismoniy jihatdan voyaga yetgan erkak.
-
Ularning biri yigirma yoshlardagi qotma, xipcha yigit edi. I. Rahim, Chin muhabbat
2. Umuman, yosh erkak, yosh kishi.
-
Mana shu yerda MTS tashkil qilindi-yu, bunga oʻsha paxta zavodida ishlaydigan bir yigit kattakon boʻlib keldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
3. koʻchma Er kishi, jasur odam, mard.
-
Yigit soʻzidan qaytmas, arslon — izidan. Maqol
-
Er yigit boshiga ish tushganda sinalar. Maqol
-
Yigitning moli yerda. Maqol
4. so‘zlashuv tili (egalik qoʻshimchasi bilan) Qizning koʻngil qoʻygan kishisi, sevgilisi.
-
Hoy, menga qara, seningcha, yigiti bor qiz birov bilan gaplashmaydimi? Shuhrat, Shinelli yillar
5. Biror harbiy toʻdaga, guruhga mansub boʻlgan erkak kishi.
-
Oradan uch-toʻrt daqiqa oʻtgandan keyin, Kamolon tarafidan bir yuz chamalik sarkarda va yigitlari bilan Azizbek koʻrindi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Oʻziga nisbatan yoshi kichik kishiga murojaat qilishda qoʻllanadi.
-
Yigit, bu yoʻl qayoqqa olib boradi?
-
Hay, oʻt yigit, haligi soʻzlaring oltinga arziydi Oybek, Tanlangan asarlar
YIGIT so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИГИТ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yigit so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar