yigitlik
bilan ulashing
1. Er jinsidagi shaxsning balogʻatdagi davri, balogʻatga yetgan davri.
-
U yigitligini darbadarlikda oʻtkazib, Andijondan Buxorogacha piyoda kezgan barcha katta-kichik togʻa deb hurmatlaydigan Yusvali chol edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Yosh-san, sogʻsan, ishla, oʻyna, ulfat qur, har bir shoʻxlik yigitlikda yarashadi, bolam. Oybek, Tanlangan asarlar
2. Shaxsning balogʻatga yetgan, yigit davriga xos.
-
Yigitlik gʻururi.
-
Ogʻir, vazmin yigit. Oftob tigʻida qoraygan bilaklaridan yigitlik kuchi yogʻilib turibdi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Yigitlikning shoʻx havaslari yurakda bir lahza chayqalib ketdi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Yigitga xos mardlik, dovyuraklik, jasurlik.
-
— Juda yaxshi, juda soz boʻpti, asl yigitlik qilibsiz — dedi Elmurod. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Uning yigitligiga tilda tahsin oʻqib yugurib kelayotganim-da, bek aka. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
4. aynan Yigitchilik.
-
Sen hali yoshlik qilasan. Yigitlik emish. Shu ham gap boʻpti-yu. Oybek, Tanlangan asarlar
YIGITLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИГИТЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yigitlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar