yil
bilan ulashing
1. Yerning Quyosh atrofida bir marta aylanib chiqish muddati; oʻn ikki kalendar oyiga teng vaqt, shunday vaqtga teng oʻlchov.
-
Oʻtgan yil. Bu yil. Yilning toʻrt fasli.
-
2006-yil uchun obuna davom etmoqda. Gazetadan
-
Bu yil yogʻin-sochin koʻp boʻlib, yer-koʻk chamanday yashnab ketdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
2. Biror hodisa, voqea yuz bergan kundan boshlab oʻtgan oʻn ikki oylik vaqt.
-
Uning ishga kirganiga besh yil boʻldi.
-
Uchinchi otam bilan ikki yilcha yaxshi turishdi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
3. Oʻn ikki oylik vaqt bilan hisoblanadigan kalendar tizimi.
-
Milodiy yil. Hijriy yil. Kabisa yili. Quyosh yili. Oy yili. Qamariya yil hisobi.
4. astronomiya Biror planetaning Quyosh atrofida bir marta aylanishida oʻtadigan muddat.
-
Mars yili (687 sutkaga teng),
-
Zuhra yili (225 sutkaga teng).
5. tarixiy Muchal yil hisobida oʻn ikki muchalning har biri (
-
U qoʻy yilida tugʻilgan. — Yiling nima? —Yilim — sichqon.
-
Bu yil it yili ekanmi, bilmayman. Kulollikda ham meni itlar tinchitmadi. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
6. eti. q. Yil oshi.
-
Xaldorbekovning yili oʻtar-oʻtmas, boyvachchaga kenja xotin boʻlib tushgani mahalla-koʻy oʻrtasida ancha noxush gap-soʻzlar uygʻotgan edi. K. Yashin, Hamza
yil soʻzi qatnashgan jumlalar:
Akademik yil
Yil oʻn ikki oy
-
Yil oʻn ikki oy bekorga ishlabman.
Oʻquv yili
-
Texnikum yangi oʻquv yiliga katta tayyorgar-lik bilan keldi. Gazetadan
Yil agʻdarish
Yil oshi
-
U vazifa: ota-onamiz uchun yil oshi berish va ikki ukamizni toʻy qilish edi. S. Ayniy, Esdaliklar
-
Azizaning yil oshisidan keyin oʻrtoqlari uylanishga majbur qila boshladilar. H. Gʻulom, Toshkentliklar
YIL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙИЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yil so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar