yo‘g‘on
bilan ulashing
1. Koʻndalang kesimi katta.
-
Yoʻgʻon terak. Yoʻgʻon arqon. Yoʻgʻon ichak. Yoʻgʻon choʻziladi, ingichka uziladi. Maqol
-
U ayvonning yoʻgʻon ustuniga tikilib turardi Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
-
Sherbek, yoʻgʻon bir juft qamchiday sochi taqimiga tushgan Nigora koʻzdan gʻoyib boʻlguncha, alam ichida tikilib turdi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Doʻrillagan (ovoz haqida).
-
Uning egasi Malikaxon baland boʻyli, ovozi ham erkaklarning ovozidek yoʻgʻon, satangnamo xotin edi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Buni bilmagan, balki bilgisi ham kelmagan Qulmat qora esa, goʻr ichidan gapirganday, past va yoʻgʻon ovoz bilan davom etdi. A. Muxtor, Opa-singillar
3. koʻchma Shakl, miqdor va boshqalar jihatlardan katta; salmoqli, salobatli.
-
Yoʻgʻon odam.
-
Oʻlikni koʻmib kelish qiyin emas, lekin yoʻgʻon chiqimlari keyin chiqadi, bilasanlar. Oybek, Tanlangan asarlar
-
[Komil:] E, hali koʻp bellashamiz. Ishning yoʻgʻonlari endi chiqadiganga oʻxshaydi. Uygʻun, Hayot qoʻshigʻi
YO‘G‘ON so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎҒОН so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘g‘on so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar