yo‘lchi
bilan ulashing
1. aynan Yoʻlovchi.
-
Yakka yoʻlchi manziliga yetolmasdi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Qaraysan: yiroqda bir yoʻlchi tanho Na ortga burilar, na chiqarar sas. A. Oripov
2. Yoʻl boshlovchi.
-
Yayov yoʻlchi otliqlarni toʻgʻri yoʻldan emas, aholi yashaydigan joylarni chetlab adir va togʻliklar oralab boshlardi. A. Hakimov, Ilon izidan
3. aynan Yoʻlsoz.
-
Aylanma magistralning barpo qilinishida tajribali yoʻlchilar qahramonona mehnat qildilar. Gazetadan
4. Yoʻlchi (erkaklar ismi).
yo‘lchi soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoʻlchi yulduz
-
[Botirali] Menga yangi hayot yoʻlini koʻrsatgan yoʻlchi yulduzim edi. H. Gʻulom, Mashʼal
YO‘LCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЙЎЛЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yo‘lchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar