yol
bilan ulashing
Bir qator hayvonlar gardani (boʻyni)da boʻladigan uzun yung, qil tutamlari.
-
Sher yoli.
-
Bugʻdoypoya yoqalab oʻtgan tuproq yoʻlda oq yolini yelpitib, boʻz ot yoʻrgʻalayapti. Sh. Xolmirzayev, Bodom qishda gulladi
-
Tevarakdagi kishilar bir menga va bir toychamga qaraydilar. Men uyalib, toychamning yolini tarayman. A. Qodiriy, Uloqsa
yol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragida (yoki koʻkragida) yoli bor
-
Lekin choʻlda yuragida yoli bor bahodirlar qoldi. Nazarmat, Joʻrlar baland sayraydi
-
— Qani, yuragida yoli bor sherlar boʻlsa, maydonga chiqsin, kanal qazib, qoʻriq ochamiz, — dedi Hamza. N. Safarov, Olovli izlar
sheva Sayr, istirohat.
-
Yashil oʻrmon boʻlur hali Koʻl aylanasi, Yoz kunlari yol etkali Qushlar panasi. Mirtemir
-
Hali ishga ruxsat yoʻq! Uch kun avval keldingiz, hozircha yol etingiz. Yashin va M. Rahmon, Sirdaryo
-
Quyosh nimadandir xijil boʻlib qochganday, bulutlar orasida yol etadi, nasim esa bayroqlarni tin-may oʻynatadi. Mirtemir, Tingla, hayot
YOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar