yoshlik
bilan ulashing
1. Yosh ekanlik; yosh boʻlgan payt, davr.
-
Ahmad olti yoshligida ota-onasidan judo boʻldi. F. Musajonov, Himmat
-
U yoshligida ixtisoslashgan fizika-matematika maktabida oʻqidi. O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
2. Oʻsmirlik, navqironlik.
-
Yoshlik chogʻlari.
-
Robiya ham abadiy yoʻqolgan begʻubor yoshligiga kuyunib yigʻlamoqda edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Yoshligim, kuch bilan toʻlgan yoshligim, Yashnoq davrimizga yoʻldoshligim. S. Abdulla
3. Yoshlarga xos xatti-harakat, xususiyat.
-
Yoshlik gʻururi.
-
Yoshlik shijoatiga keng yoʻl berish lozim. Gazetadan
-
Oʻrta boʻyli, xush-qomat vujudidan yoshlik kuchi va gʻayrati yogʻilib turgan qop-qora juvon otda yoʻl boʻyida turar, Akramjon oʻz otining ayilini qayta bogʻlamoqda edi. A. Qahhor, Ming bir jon
-
Koʻzlarida yoshlik shoʻxligi chaqnab turgan Sherbek hadeganday bosh qimirlatdi. S. Anorboyev, Oqsoy
yoshlik soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoshlik qilmoq
-
Yoshlik qilib, bolalar uyidan qochdim. S. Karomatov, Togʻ goʻzali
-
Trest boshligʻi hayhaylab, unga yopishdi: — Yoshlik qilmang, oʻgʻlim, shaytonga hayf bering. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
YOSHLIK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЁШЛИК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yoshlik so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar