yubor
bilan ulashing
1. Narsa yoki kimsani biror tomonga yoki joyga yoʻllamoq, joʻnatmoq.
-
Xat yubormoq. Sovgʻa yubormoq. Pul yubormoq. Vakil yubormoq. Bemorni kasalxonaga yubormoq.
-
Siz, shahanshoh, oʻsha soati muzaffarni tayin aylab, biz qullariga xabar yuborsalar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Shohrux viloyat-u oʻlkalarga koʻproq oʻz oʻgʻillarini yubordi. Mirmuhsin, Meʼmor
2. Quymoq, kiritmoq.
-
Vrach bemorning venasiga dori yubordi.
3. koʻm. fl. vzf. (i)b shaklli yetakchi feʼl bilan qoʻllanib, harakatning tugal, kuchli tarzda, qoʻqqisdan bajarilishi kabi maʼnolarni bildiradi.
-
Qizitib yubordi. Qichqirib yubordi. Qoʻrqitib yubordi. Yiqitib yubordi. Unutib yubordi.
yubor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Jahannamga yubormoq
-
— Pashsha talayaptimi, hozir hammasini jahannamga yuboramiz, qoracham! — pashshalarni ezib davom etdi Joʻra. Oybek, Tanlangan asarlar
YUBOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮБОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yubor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar