yur
bilan ulashing
1. Qadam tashlab olgʻa bosmoq, qadamlab jilmoq.
-
Tez yurmoq. Sekin yurmoq. Oqsab yurmoq. Ot yurmay turaverdi. Yurgan — daryo, oʻtirgan — boʻyra. Maqol
-
Kampir yurganda, hech qanaqa ovoz chiqmasdi Oyogʻi xuddi pardek yerga beozor tegardi. S. Ahmad, Ota
-
Men ana u soʻqmoqdan yursam ham boʻladi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Chol ot jilovini siltadi. Otlar yurib ketdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Maʼlum yoʻnalishda harakat qilmoq, bir joydan boshqa joyga jilmoq, bormoq yoki ketmoq (asosan transport vositasi haqida).
-
Mashina chap tomonga yurdi. Traktor bedazorga qarab yurdi. Katta arava qay yoʻldan yursa, kichik arava ham shu yoʻldan yuradi. Maqol
-
Shaharda koʻnkani ilgari ot surgar edi. Mana endi koʻnka otsiz yuribdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Poyezd bir necha soat yoʻl yurgandan keyin ana shunday bekatchalardan biriga kelib toʻxtadi. A. Qahhor, Oltin yulduz
3. Umuman, bir joydan jilmoq, siljimoq (suzmoq, sudralmoq, oʻrmalamoq va shu kabilar).
-
Hovuzchada oʻntacha baliq yuribdi. Dasturxon ustida chumoli yuribdi. Qurt novdadan yurib, gulga yetdi.
4. Kezish, aylanish, sayohat va shu kabilarda boʻlmoq.
-
Shaharma-shahar yurmoq. Eshikma-eshik yurmoq.
-
Yoʻl bilmasang, yoʻl soʻragin yurgandan, Tan bilmasang, gap soʻragin bilgandan. N. Nazarov, Zamon
-
Andijonning suvin ichganman, Sharbat desam, qilmayman xato. Paxtazorin kezganman rosa, Qirlarida yurganman hatto! Yo, Mirzo
5. Hayot kechirmoq, yashamoq.
-
Jiyanim uch yil biznikida yurdi. Ruslar orasida yurib, til oʻrgandim.
-
Jamoa sizning bu yoqlar-da yurganingizni hali bilmaydi [dedi Sharofat Sidiqjonga]. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
[Mirzakarimboy:] Yoshim yetmishda. Ellik yil mol qaygʻusida yurdim. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Men Toshkentda yurarman, ammo koʻz oʻngimda sizning hay-kalingiz! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
6. Ish-faoliyat va shu kabilarda birga boʻlmoq.
-
Yomon bilan yurdim —
-
qoldim uyatga, Yaxshi bilan yurdim — yetdim murodga. Maqol
-
Nodon bilan yurma, nomusingni bukma. Maqol
-
Birga ishlaydi, birga yuradi, birga turadi; bir-biriga juda munosib. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Men dalada har kuni qizlar, kelinchaklar orasida yurardim. Yosh boʻlsam ham, sevganim bor edi. Oybek, Tanlangan asarlar
7. Qatnamoq.
-
Markazdan qishlogʻimizga avtobus yuradi.
8. Davom etmoq (oʻzi birikib kelgan soʻz bildirgan holatda).
-
Eson-omon yuribsizlarmi?
-
Siz shu yoʻsinda yura bersangiz, erta-indin oʻgʻildan ajralasiz. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Maʼrifatxon voqeasini eshitganidan beri uning qabrini ziyorat qilish niyatida yurgan edi. A. Qahhor, Xotinlar
-
Homidning bunday ishlari bor ekanidan xabarsiz yurganimizga hayron qolaman. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
9. Shaxmat, qarta, domino kabi oʻyinlarda oʻz navbatida, navbati kelganda ha-rakat qilmoq, oʻynamoq; yurish qilmoq.
-
Piyodadan yurmoq. Tuzni yurmoq.
10. Harakatga kelmoq, ishlab turmoq, ishlamoq (mexanizmlar haqida).
-
Soatim yaxshi yuryapti. Mashina kechgacha yurib turdi.
-
Ha, aytganday, bu orada traktor choʻchqaning yogʻi bilan yurar emish, goʻristondan tovush chiqipti, degan gaplar chiqib qoldi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
11. so‘zlashuv tili Suygan yor bilan vaqt oʻtkazmoq, yaqin munosabatda boʻlmoq.
-
[Dilnavoz:] Oʻsha kuni Joʻraning yuradigan qizi Bibigul mening atlas koʻylagim bilan havorang durrachamni olgan edi. S. Karomatov, Bir tomchi qon
-
Bilasiz-ku, ish koʻp. Har xil majlislar ham koʻp. Shular bilan yursam, u meni xotinlar bilan yurgan, deb gumon qiladi. Oydin, Koʻngli toʻldimi, yaxshi yigit
-
Ayt, qachondan buyon yurding Tigʻi parronga uchragur! Yoʻlchi bilan qachon topishding? Oybek, Tanlangan asarlar
12. Rozi boʻlmoq, koʻnmoq, unamoq.
-
U birovning aytganiga yuradigan odammas.
-
Toʻgʻri, ixtiyor oʻzlarida, lekin sizga maslahat soladilar, maslahatingizga yuradilar-da, yaxshi maslahat bersangiz, yurmaydilar-mi? A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Oz boʻlsa ham, peshona terim bilan topaman, suqtoylik, moʻltonilikka sira yurmayman. Oybek, Tanlangan asarlar
13. Yoyilib ketmoq, yoyilmoq; tarqalmoq (gap-soʻz, xabar haqida).
-
El ogʻzida yurgan mish-mishlar.
-
Kechadan beri bir yarim mingi qirilgan! degan xabar yurib ketdi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
14. koʻm. fl. vzf. -(i)b qoʻshimchali ravishdoshga birikib, harakatning davomiyligini bildiradi.
-
Tomosha qilib yurmoq. Nima qilib yuribsiz? Men oʻgʻlimni axtarib yuribman.
-
Nizomiddinovning qoʻlidagi papirosidan sizib chiqayotgan tutun uy ichida halqa-halqa boʻlib suzib yuribdi. S. Ahmad, Hukm
15. (3-shaxs buyruq mayli shaklida — yur) Biror tomonga joʻnash, ketishga undashni bildiradi.
-
Yur, kech qolamiz.
-
Ha, barakalla, jumboq oʻsha yerda yechiladi, yuringlar! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
yur soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yoʻliga yurmoq
-
Nurmatjon, Bu ochiq ayollardan chiqqan gap, qiz shularning yoʻliga yurgan boʻlsa, jazosini tortsin, deb joʻrttaga ikkinchi ogʻiz ochmadi. A. Qahhor, Qizlar
-
Yo men boshlagan yoʻlga yurasan, yo joningdan umidingni uzasan. S. Ahmad, Hukm
Bosh koʻtarib yurmoq
YUR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yur so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar