yuza
bilan ulashing
1. Biror narsaning usti, ustki qismi, yuzi, beti; sirt, sath.
-
Sillik yuza. Suv yuzasi.
-
Yuzadan yarim metrgacha nam tuproq, yarim metrdan keyin botqoq koʻchadi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Qoʻshnilarning baland imoratlari hovli yuzasiga andakkina oftob tushirardi, xolos. Mirmuhsin, Umid
2. Atrofi ochiq, yalang; bahavo.
-
Hoji ularning oldiga — yuzaga chiqqach, Oftob oyim salom berib, roʻmoli bilan tomoq ostlarini oʻrab oldi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
— Mana shu yoʻq bir oz yuzaga oʻxshaydi, — deb aravakash ot boshini koʻchaning oʻng tarafiga burdi. Oydin, Fonar tagida
3. ravish Yer yuzasiga yaqin, chuqur emas.
-
Qizilqumning ayrim yerlarida tuproq juda yuza kovlanar, koʻpincha agregatlar xarsang toshlarga duch kelib, taqqa toʻxtab qolardi. J. Abdullaxonov, Toʻfon
-
Koʻpchilik maydonlarimizda yer osti suvlari yuza joylashgan. Gazetadan
yuza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuzaga kelmoq
-
Qamishkapada devorlari ganch suvoq qilib oqlangan, qizil tunuka tomli bir bino yuzaga keldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Orada ziddiyat yuzaga keldi.
-
Avtobus ichida odamlar zich, havo dim nafasni boʻgʻadigan vaziyat yuzaga kelgan edi. Gazetadan
Yuzaga chiqmoq
-
Ularning ham jasadi qum orasida yotadi-da, bir kuni shamol boʻlib, ularning ham suyaklari yuzaga chiqib qoladi. Mirmuhsin, Meʼmor
-
Yer ostida yotmasdan Yuzaga chiqsin konlar. Q. Muhammadiy
-
Atom energiyasi yadro ichida yashirinib yotadi va faqat oʻsha yadro yorilgandagina yuzaga chiqadi. Fan va turmush
-
Kishi haq boʻlsa, jonini haqiqat yoʻlida fido qilsa, uning ezgu ishi yuzaga chiqadi. N. Safarov, Olov izlar
-
lekin, uka, yer olganimdan keyin ham oʻsha moʻljallarim yuzaga chiqmadi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Albatta, haq joyida qaror topadi, biz yana yuzaga chiqamiz. Mirmuhsin, Meʼmor
YUZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЮЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
yuza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar