zirilla
bilan ulashing
1. Larzaga kelmoq, titramoq. Momaqaldiroqdan derazalar zirilladi.
-
Uzoqdan samolyotlarning guvullashi eshitildi. Yer va havo zirilladi. Z. Fatxullin, Soʻnmas yulduz
-
Sinfimiz bolalar kulgisidan zirillab ketdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
2. koʻchma Juda qoʻrqmoq, hayiqmoq.
-
Usta Mahkamning kichik qizi Inobat mahmadonagina chiqqan. Kelin ayalari ham, opalari ham undan zirillab turishadi. S. Ahmad, Asarlar
-
Mohidil ham akasining oʻjarligidan zirillab turardi. S. Zunnunova, Goʻdak hidi
3. aynan Bezanglamoq.
-
Majlislarda kimning kamchiligi boʻlsa, [Asrora] shartta yuziga aytaverardi. Undan rais ham hayiqardi. Qizlar-ku zirillashardi. S. Ahmad, Ufq
zirilla soʻzi qatnashgan jumlalar:
Yuragi zirillamoq
-
Uning [Muqaddamning] qadam bosishga majoli qolmagan, ichkariga kirishi bilanoq pichoq koʻtarib turgan dadasiga roʻpara boʻladiganday, yuragi zirillardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
ZIRILLA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ЗИРИЛЛА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
zirilla so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar