afandi
bilan ulashing
1. eskirgan Janob, janoblar (murojaatda).
-
U aʼyonlarga qarab: — Ketdik, afandilar! Hokim tura kechki salqinda keladilar, — dedi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. eskirgan Kishi nomiga qoʻshilib, hurmat bildiradi yoki kishi nomining tarkibiy qismini tashkil etadi.
-
Fosih afandi soʻriga emas, izvoshga chiqdi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Komandir afandi telegramma berishni bilmas ekanlar. A. Umar, Muxtor
3. eskirgan Oʻqituvchi, muallim.
-
Elmurod.. uning [Sotvoldining] Muallim oʻzimizniki.. Afandimning tuprogʻi shu yerdan olingan deganini esladi. P. Tursun, Oʻqituvchi
4. Afandi (Xoʻja Nasriddinning epiteti).
5. so‘zlashuv tili, hazilona Ishidan yanglishib, kulgili ishlar qilib yuradigan odam haqida.
-
Afandi odam. Afandi ekansiz-ku!
6. so‘zlashuv tili Latifa, anekdot.
-
U [Sidiqjon] endi.. askiya va afandi aytishar, ishga doir gaplarga aralashib, birovning fikrini quvvatlar yoki rad qilar, oʻz fikrini aytar edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
AFANDI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АФАНДИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
afandi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar