ayri
bilan ulashing
1. sifatdosh Biror joyidan ikkiga tarmoqlangan.
-
Ayri yoʻl. Ayri yogʻoch.
-
roʻparadagi baland terakning ayri shoxida qagʻillab turgan ola hakkaga angrayib qolgan edi. N. Aminov, Yolgʻonchi farishtalar
2. sft. kam qoʻll. Biri-biriga zid, qarama-qarshi.
-
Ularning gapi ayri chiqdi. Gapi bilan ishi ayri chiqib qolyapti.
3. kam qoʻll. Birga emas, alohida, boʻlak.
-
Dasturxonga guruchi ayri, goʻshti ayri, mohirlik ila tayyorlangan palov keltirildi. Oybek, Nur qidirib
4. ot Ikki shoxchali tayoq, yogʻoch; tirgak.
-
Shaftoli shoxlariga ayrilar qoʻyildi.
-
Baʼzi koʻzalar ayri bilan tirab qoʻyilgan. I. Rahim, Hayot buloqlari
5. ot Beda, pichan, poxol kabilarni koʻtarish, yoyish, toʻplash uchun panshaxa oʻrnida ishlatiladigan ikki shoxli, uzun sopli asbob.
-
Yogʻoch ayri. Temir ayri.
-
Maydannikov ayrida bir quchoq javdar poxol olib kelayotgan edi. M. Sholoxov, Ochilgan qoʻriq
ayri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ayri tuyoqlilar
Ayri tuya
Ayri tushmoq
-
Hazrat bilan ayri tushib qolgan edik. U kishi Afgʻonistonga ketgan edilar. Sh. Xolmirzayev, Qil koʻprik
AYRI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
АЙРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
ayri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar