baham ko‘r
bilan ulashing
1. Oʻrtada teng boʻlishib yemoq yoki ichmoq; boʻlishib olmoq.
-
Ahmadjon aka oʻzlari serjon boʻlsalar ham, bitta nonni topsalar, biz bilan baham koʻrishgan. M. Qoriyev, Oydin kechalar
-
Hammamiz xuddi bir ota-onaning bolasidek ahilmiz. Hamma narsani baham koʻramiz. H. Nuriy, Lochin bolasi lochin
-
Hech boʻlmasa, bunday birga oʻtirib, shu choynakdagi choyni baham koʻrsa, nima qilarkin? S. Anorboyev, Oqsoy
2. koʻchma Oʻrtoqlashmoq, sirlashmoq, oʻzaro fikr almashmoq.
-
Doʻst faqat tashvishda emas, quvonchni baham koʻrishda ham bilinadi. Yoshlik
-
Mavluda oʻz tajribalarini hech vaqt sir saqlamaydi, balki uni doimo oʻz dugonalari bilan baham koʻradi. U. Muhamedov, Opa-singillar
-
Bekmirza ikkimiz film haqidagi taassurotlarimizni orada baham koʻrdik. Y. Shamsharov, Qahramonlik yoʻli
-
Ahmadlarni tezroq uchratib, shodligimni baham koʻrgim keladi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
BAHAM KO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАҲАМ КЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
baham ko‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingFoydalanuvchilar tomonidan BAHAM KO‘R so‘ziga berilgan ma’nolar
baham ko‘r so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Siz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar