barbod
bilan ulashing
Xarob, vayron, buzilgan, sovurilgan.
-
Oʻzaro talashlar, fitna-yu fasod Mehnatni, savdoni, qoʻshiqni ezdi, Ekin payhon oʻldi, koʻpriklar barbod. Shayxzoda
-
Buzuqni tuzatish, barbodni obod Bizning xalqimizga boʻlur muyassar. Gʻ. Gʻulom
barbod soʻzi qatnashgan jumlalar:
Barbod boʻlmoq
-
Dushmanning toʻrt bor hujumi ham barbod boʻldi. N. Safarov, Olovli izlar
-
Yoshligi, nomus-iffati, umid-armonlari barbod boʻldi. K. Yashin, Hamza
-
Uf, endi-chi, endi hammasi barbod boʻldi ha, barbod boʻldi. J. Jabborov, Sevinch yoshlari
-
Toʻrabek bu topshiriqni bajara olmasa, ertaga ishimiz barbod boʻladi. A. Rahmat
-
Qochsa, hamma ish barbod boʻlishini, oʻzi ustidagi gumon chinga aylanishini bilardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Noqobil oʻgʻil tufayli uning bor topgan-tutgani tez fursatda barbod boʻldi. Gazetadan
Barbod qilmoq (yoki etmoq)
-
Kimdir tuzar uni, kimdir buzadi, Kimdir borini ham qiladi barbod. A. Oripov
-
Dushmanning mudofaa istehkomlari barbod etildi. T. Rustamov, Mangu jasorat
-
Choʻlni obod qilgan ham suv, Bogʻni barbod qilgan ham suv. Gazetadan
-
Chorva planini barbod qildi. S. Anorboyev, Oqsoy
BARBOD so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРБОД so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
barbod so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar