bardam
bilan ulashing
1. Kuch-quvvatga ega; kuch-quvvatini yoʻqotmagan, tetik.
-
Bardam chol. Bardam boʻlmoq.
-
Uyqusi butunlay tarqab ketgach, IAhmad] oʻzini juda tetik va bardam sezdi. F. Musajonov, Himmat
-
Dadang Sherali qalay, bardammi? Oydin, Hikoyalar
-
Vaqt xuftondan oʻtgandan keyinUmurzoq ota oʻzini ancha bardam his eta boshladi. D. Nuriy, Osmon ustuni
2. Kuch-quvvat, gʻayrat, tetiklikdan darak beruvchi; gʻayrat, tetiklik bilan.
-
Bardam yurish. Bardam qadam.
-
Ota zalvorli tayogʻi-ni qorga niqtab bosib, bardam qadam tashlardi. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Mastura bardam qadam tashlab, operatsiya zalining eshigini oʻzi ochib kirib ketdi. A. Qahhor
3. Ishonchga toʻla, shijoatli; sergak, hushyor.
-
Doimo umidim bardam boʻlsa ham, Baʼzan vasvasalar bosar dilimni. F. Gʻulom
-
Uning yutuq va zafarlarga chorlovchi bardam ovozi jaranglab eshitilardi. Gazetadan
-
Temir yoʻlning bahodir posbonlari — strelkachilar oʻz postlarida bardam turadilar. Gazetadan
bardam soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bardammisiz?
-
-Bardammisiz, otaxon? — dedi Musa. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Xoʻsh, bardammisiz, Sharipova. P. Tursun, Oʻqituvchi
BARDAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРДАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bardam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar