bargak
bilan ulashing
Danagi olingan holda quritilgan oʻrik; oʻrikqoqi.
-
Orif ota choy damlab, patnisga bir hovuch bargak solib keltirdi. R. Fayziy, Hazrati inson
-
— Aytganday, Qurbon akani birinchi marta tomga bargak yoyayotganimda koʻrganman, — dedi Mehri opa. A. Eshonov, Dutor
Ayollar peshonasiga, koʻksiga taqadigan, oltin yoki kumush tangalardan tuzilgan bargnusxa ziynat buyumi, taqinchoq.
-
Bobur uning [Oysha begimning] yuziga botinib qaray olmay, koʻk-ragidagi oltin bargaklarga koʻz tashladi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
-
Senga tuhfa boʻladurgʻan oltin zirak, bargak, choʻlpi, atir, upalarni uloqtir. K. Yashin, Hoy qiz
1. Tolning erta koʻklamda barg yozib, popuk chiqaradigan surx novdasi.
-
Bargak taqdi yashil fusunkor Majnuntolning chilvir sochlari. Sharq yulduzi
-
Ariq lablaridagi endigina bargak yozayotgan tollarga tabassum bilan qaraysan, charchoqlaring unutiladi. Oʻ. Umarbekov, Bahor nafasi
-
Endigina bargak yozgan tolzordan mayin shamol esdi. Sharq yulduzi
2. Shunday tol novdalaridan sidirib (shilib) olingan poʻstloqdan yasalgan soch-popuk.
-
Chuchmoma ilmagan qizlar sochiga Bargak ulaganda, esladim seni. E. Vohidov
-
Erta bahor, bolalar tomda varvarak uchiradigan, qizlar sochlariga bargak taqadigan vaqt. Oydin, Sadagʻang boʻlay, komandir
bargak soʻzi qatnashgan jumlalar:
Oq uy, ola bargak
-
— Nima, begona boʻshay, sen mana shu dashtlikmisan, yo oʻzingga oq uy, ola bargak solgani keldingmi? — deb gʻoʻngʻilladi Xoldor koʻrpa tagidan. A. Muxtor, Tugʻilish
BARGAK so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРГАК so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bargak so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar