bardosh
bilan ulashing
1. Chidam, sabr, toqat, dosh berish quvvati.
-
Bardosh bilan kutmoq.
-
Bardosh, aql, sabotga suyansang, togʻ boʻlursan. Saodat.
-
Dehqonning mardligiga, bardoshiga tasanno aytmoqdan oʻzga chora yoʻq edi. E. Usmonov, Yolqin.
-
Tashnalikda to lablarim qaqraguncha, Seni izlab talpindim, togʻ ekan bardosh. G. Joʻrayeva, Iqbol.
2. Iroda, qatʼiyat.
-
Urush bardoshimizni sinovdan oʻtkazyapti. Chidashimiz kerak. H. Gʻulom, Toshkentliklar
-
Poshsha xola kuyoviniki tutib turganidan, odatdagidek xafa boʻlmadi, ters oʻgirilib ham olmadi. Balki bardoshini qoʻlga olib, jilmaydi. D. Nuriy, Osmon ustuni
bardosh soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bardosh bermoq (yoki qilmoq)
-
Olti bolani tuproqqa qoʻyish Bu musibatlarga qanday bardosh beradi ekan-a? K. Yashin, Hamza
-
Shirin soʻzga, erkalashga qaysi ayol bardosh bera oladi-yu, mehr qaysi ayolning yuragini eritib, sel qilib yubormaydi. F. Musajonov, Qissa va hikoyalar
-
Bu dunyoda hech kim koʻngli toʻlmaydi, Bardosh qilmay, boshga davlat qoʻnmaydi. Gulixiromon
BARDOSH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БАРДОШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bardosh so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar