bemaza
bilan ulashing
1. Ogʻizga xush yoqmaydigan, taʼmi yomon; taʼmsiz, lazzatsiz.
-
Bemaza ovqat. Bemaza tarvuz. Bemaza qovunning urugʻi koʻp. Maqol
-
Kasalga asal ham bemaza boʻlib koʻrinadi. Qanotli soʻzlar
-
Yoʻlchining taqachi oshnasi Qoratoy och qornini bemaza moshxoʻrdaga toʻldirib sovuq uyda xomush oʻtirar edi. Oybek, Tanlangan asarlar
2. koʻchma Badiiy zaif, estetik zavq bera olmaydigan; bemaʼni, siyqa.
-
Bemaza asar.
-
Bemaza kitobni-ku jonga teggan joyda shartta yopib qoʻysa boʻlar, biroq umr kitobini-chi? X. Sultonov, Onamning yurti
-
Bunaqa bemaza suratlarning avtorlari institutda koʻp emas. Mushtum
3. Yaramas, yoqimsiz, bemaʼni, yomon.
-
Bemaza odam,
-
— Akam bemaza chiqdi-da, — dedi Hamid Munavvarga. S. Anorboyev, Mehr
-
Bemaza qizning boʻlmas hayosi. Gulixiromon
-
E, bunaqa bemaza televizorni sotib yuboring. Askiya
4. Odob-axloqqa xilof, odobdan tash-qari; behuda, bekorchi.
-
Bemaza qiliqlar. Bekorchidan bemaza gap chiqadi. Maqol
-
[Gulshan:] Bemaza gaplarni qoʻyinglar, uxlaylik! A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
bemaza soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzi bemaza
-
Sidiqjon, garchi hanuz ogʻzi bemaza va boshi ogʻirroq boʻlsa ham kampirning mehribonchiliklaridanmi, koʻngli koʻtarilib, juda yengil tortdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Ogʻzi bemaza odam.
Bemaza qilmoq
-
Ammo shallaqi bir kampirning uyida turaman; koʻp bemaza qilayotir-da. A. Qahhor, Sarob
-
Ayniqsa toʻriq toycha tutqich bermay, Mirvali akaning bemazasini beshta qiladi. A. Qodiriy, Obid ketmon
-
Isitma juda bemaza qildi.
BEMAZA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕМАЗА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bemaza so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar