bemaʼni
bilan ulashing
1. Odob-qoida doirasidan tashqari; maʼnosi, mazmuni yoʻq; maʼnosiz.
-
Bemaʼni jumla.
-
Kishining bemaʼni gaplardan oʻzini tiyishi uning moʻminligi naqadar chiroyli ekanligidan dalolat beradi. Fan va turmush
-
Uning bemaʼni javdiragan koʻzlarida hali ham qandaydir husn saqlanib qolgan edi. S. Zunnunova, Gulxan
-
Talʼat birinchi kursdanoq Hamida degan qizni suyib qolgan, shu qiz boʻlmasa, dunyo koʻziga qorongʻi, bemaʼni koʻrinib ketardi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Quruq safsatadan iborat boʻlgan; haqiqatga mutlaqo zid; asossiz; keraksiz, behuda.
-
Ha, bugun ham ancha bemaʼni suxanbozlik qildi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
— Qanchalik bemaʼni, qanchalik bemaʼni oʻylar! — yuzini kafti bilan bekitib jilmaydi Sherbek. S. Anorboyev, Oqsoy
-
Bu ayb shunchalik uydirma va bemaʼniki, prokuratura xodimiga batafsil javob berib oʻtirishni lozim topmadim. O. Yoqubov, Izlayman
3. Odob-axloqdan tashqari, yaramas; bemaza, boʻlmagʻur.
-
Bemaʼni qiliqlar.
-
Asalning shunaqa bemaʼni ishlari koʻpligidan biz ham kuyib yotibmiz. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Xotinlarning bemaʼni qiy-chuvi hamma yoqni tutdi. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Ahmad ham jilmaydi. U bemaʼni qahqahani, munofiqona hiringlashlarni yomon koʻrardi. F. Musajonov, Himmat
4. Nojoʻya, bemaza ishlar qiladigan, yomon, yaramas; boʻlmagʻur.
-
— Gʻozi eshon huzuringizda ekan! — dedi maxdum, — oʻzi koʻp bemaʼni odam. Ziyofat-miyofat deb, yaqin bir soat vaqtimni oldi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
BEMAʼNI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕМАЪНИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bemaʼni so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar