bemalol
bilan ulashing
1. Malollik, oʻngʻaysizlik sezmay, tortinmay, yozilib; erkin, bahuzur.
-
Mayli, xafa boʻlmang. Ayam bilan bemalol turaverasiz. S. Zunnunova, Gulxan
-
Bemalol yozilishib oʻti-ringlar! Yomon koʻrganim — yoshlarning suhbatiga qarilarning suqilishi. A. Qahhor, Ogʻriq tishlar
-
Klara ayollarga xos chiroyli harakat bilan sochini orqasiga tashlab yubordi. Keyin oʻz eri oldida turganday bemalol yechina boshladi. Oʻ. Hoshimov, Qalbingga quloq sol
2. Bamaylixotir, xotirjam; shoshilmay.
-
— Xoʻp, mayli, — dedi Oʻrmonjon,— boʻlar ish boʻlib oʻtibdi. Endi bemalol, bexavotir ishlay bering. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Devor tagida katta sigir boshvogʻini yerga yoyib, bemalol kavsh qaytarib yotardi. Oybek, Tanlangan asarlar
3. Toʻsqinlikka uchramay, bexavotir, oson, xavfsiz.
-
Ertalab koʻprik boshqatdan qilindi, endi har qanday ogʻir yuk bilan bemalol oʻtsa boʻlardi. A. Muxtor, Opa-singillar
-
Orasidan qoʻqonarava bemalol yuradigan keng, uzun ishkomlar ikki tanobdan moʻlroq yerni ishgʻol etgan. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Aniq, yaqqol.
-
Alim buva yuqoridagi qiygʻoch teshiklardan qaradi. Hamma yoq bemalol koʻrinardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Yupqa kapron koʻylakdan yelkasidagi husnbuzarlari bemalol koʻrinib turibdi. S. Ahmad, Saylanma
5. Toʻliq ravishda, bekam-koʻst; yetarli.
-
Joy hammaga bemalol yetadi.
-
[Yerning] Yarmiga sabzi, yarmiga kartoshka ekasan. Shu bilan qishligimiz bemalol chiqadi. Oybek, Tanlangan asarlar
6. Oʻtaketgan beparvo, gʻam-tashvishsiz kishi haqida.
-
Oʻzi bemalolning soʻzi bemalol. Maqol
bemalol soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bemalol boʻlsa
-
[Fotima domlaga:] Keling, domla pochcha! Bemalol boʻlsa, ana shu turgan stulni mening yaqinrogʻimga qoʻyib oʻtiring. Hamza, Tuhmatchilar jazosi
-
Qoʻshni, bemalol boʻlsa, bizni xoli qoʻysangiz! Uygʻun, Asarlar
BEMALOL so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕМАЛОЛ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bemalol so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar