beqasam
bilan ulashing
1. Oʻrishi ipak, arqogʻi ipdan toʻqiladigan, yoʻl-yoʻl gulli pishiq gazlama; shu gazlamadan tayyorlangan kiyim.
-
Bir joʻra beqasam. Beqasam toʻn.
-
Togʻa ham egnida beqasam toʻn, uzun-uzun qoʻllarini koʻksida chirmashtirgancha, viqor toʻkib turibdi. M. Mansurov, Yombi
-
Guldor toqilik, baland oynali uyning toʻri va ikki tomoniga beqasam koʻrpachalar yozilgan boʻlib, har bir mehmon orqasiga, suyansa-suyanmasa, katta paryostiqlar tashlangan. Yoshlik
-
Bakovul ularning beliga bittadan toʻnlik beqasam bogʻladi. T. Murod, Qoʻshiq
2. koʻchma Turli rangda jilolanuvchi, beqasamdek taram-taram boʻlib tovlanuvchi.
-
Oftob teraklar orqasiga oʻtib, hovliga beqasam soya tashladi. S. Ahmad, Ufq
-
Beqasam jiloli shu buyuk fazo rangini, toʻgʻrisi, Toshkentdan olar. Gʻ. Gʻulom
BEQASAM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҚАСАМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beqasam so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar