beposhna
bilan ulashing
1. Poshnali qilib tikilmagan, poshnasiz.
-
Poshnasiz etik. Poshnasiz tufli.
2. koʻchma Ogʻizga olib boʻlmaydigan, odobdan tashqari; behayo, qoʻpol.
-
Sizga bunday beposhna gaplar ep boʻlmaydi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom
-
Televideniyening-ku yoʻrigʻi oson, ashulachining ogʻzidan beposhna soʻz chiqishi bilan shaq etib oʻchirib qoʻysa boʻladi. Mushtum
beposhna soʻzi qatnashgan jumlalar:
Ogʻzi beposhna
-
ogʻzi beposhna kishi xohlabmi-xohlamaymi katta yoshdagi kishini haqorat qilib qoʻyadi. M. Ismoiliy, Otang bolasi boʻlma, odam bolasi boʻl
BEPOSHNA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕПОШНА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beposhna so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar