beqaror
bilan ulashing
1. Bir zaylda, bir gapda turmaydigan, hadeb oʻzgaraveradigan, burdi, tuturigʻi yoʻq; qarorsiz. Beqaror Amu.
-
U [Asror] beqaror oʻylar, beqaror tuygʻular bandi. Yoshlik
-
Zarafshon vodiysining ob-havosi juda beqaror, bir kunda yuz marta oʻzgaradi. Sh. Toshmatov, Erk qushi
2. Bir joyda qoʻnim topmaydigan, hadeb koʻchib yuradigan.
-
Darbadarlikdan, oʻzimning simobday beqaror, sayoqligimdan juda oʻkinar edim. Gʻ. Gʻulom, Shum bola
3. koʻchma Tinchligi yoʻqolgan, oromi buzilgan; betoqat.
-
Farzand yoʻqligidan boʻldim beqaror. Erali va Sherali
-
Qoraxon der: yigʻlar edim zor-zor, Yodga tushgan vaqti edim beqaror. Erali va Sherali
-
Boʻlajak zavjamni oʻsha yerda koʻrib, oshiqi beqaror boʻldim. Sharq yulduzi
BEQAROR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕҚАРОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beqaror so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar