beso‘naqay
bilan ulashing
1. Koʻrinishi haddan, meʼyordan tashqari, katta; qoʻpol, kelishmagan.
-
Besoʻnaqay odam. Besoʻnaqay gavda.
-
Tillaboy Suyagi yoʻgʻon, semiz, koʻzlari qisiq, besoʻnaqay kimsa edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Karimani koʻrib, yoqa ushlaysiz. Devday, oyoq-qoʻllari besoʻnaqay, qoʻpolgina qiz edi. Yoshlik
2. Haddan tashqari koʻrimsiz, xunuk; beoʻxshov.
-
Uning [Polvonning] koʻzi oldida Umar-bekning besoʻnaqay basharasi gavdalandi. S. Ahmad, Qadrdon dalalar
-
Uning [Qobilovning] boshida eskiroq koʻk kepka, shu rangda uzun yengil palto, oyogʻida esa katta, besoʻnaqay kirza etik. B. Daminov, Odamdan yaxshi nom qolsin
-
[Pochchamning] Boshida besoʻnaqay oʻralgan qoʻpol salla. Oybek, Bolalik
3. Juda ham bemaʼni, kelishmagan; oʻrinsiz, qoʻpol.
-
Besoʻnaqay gap.
BESO‘NAQAY so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЕСЎНАҚАЙ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
beso‘naqay so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar