bitta-bitta
bilan ulashing
1. Har biri(ni) alohida-alohida, yakka-yakka, birin-ketin, bittalab, birma-bir.
-
Bitta-bitta tarqalishmoq. Olmani bitta-bitta termoq.
-
U
-
oppoq kaftini choʻzib, yigitlar bilan bitta-bitta xayrlashdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Boʻron oʻzini bu joylarning egasiday tutib, bitta-bitta tushuntirdi. H. Nazir, Yonar daryo
-
Keyin semiz barmoqlarini bitta-bitta ogʻziga solib, soʻrib oldi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mana buni qarang: qovurgʻasini bitta-bitta sanasa boʻladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Eshonboyev, oʻziga ergashgan odamlarni bitta-bitta orqada qoldirib, dekanatga qarab borar edi. P. Qodirov, Uch ildiz
2. Dona-dona qilib, salmoqlab.
-
Bitta-bitta gapirmoq. Bitta-bitta oʻqimoq.
-
Qurbon ota ikki qoʻlini beliga qoʻyib, bitta-bitta qadam tashlab borar, uning koʻz oldidan yangi qishloq manzarasi ketmas edi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Shoshilmay bitta-bitta aytib berdi. S. Siyoyev, Yorugʻlik
BITTA-BITTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТТА-БИТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bitta-bitta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar