bitta
bilan ulashing
1. Bir (sanoqda).
-
Bitta, ikkita, uchta Erning soʻzi bitta. Maqol
-
Shaharda bitta doktorxona bor. A. Qahhor, Asarlar
-
Meliboyga bitta avtoruchka sovgʻa olib keldi. S. Ahmad, Yulduz
2. Bir dona; yagona, yolgʻiz.
-
Unaqa ogʻayni mingtadan bitta! A. Qahhor, Ogʻaynilar
-
Mana, siz bitta oʻzingiz oʻttiz ikkita mashinaga qarar emishsiz. A. Qahhor, Yillar
-
[Xonzoda: Shaharda bitta desam yolgʻonchi boʻlmayman. Uni chiroyi boshiga balo boʻldi. Hamza, Boy ila xizmatchi
3. “Qandaydir bir“, “allaqanday“, kim-dir kabi maʼnolarda ishlatiladi.
-
Kasal-xonaga borib, oʻzi koʻrgan eshikka kirib ketayotganida, bitta xotin qaytardi. A. Qahhor, Boshsiz odam
-
Axir, bittasi oppoq sochi bilan menga tegishdi-da! A. Qahhor, Asarlar
-
Yerdan chiqdimi, osmondan tushdimi, yoʻlda bittasi paydo boʻlib qolsami?! O. Moʻminov, Xiyobondagi uch uchrashuv
4. Birlik, birdamlik, yakdillik hamda bir xillik, oʻxshashlik maʼnolarini anglatadi.
-
Ularning ikkovi bitta odam,
-
Ularning basharasi, ishi boshqa-boshqa boʻlsa ham, yuragi bitta boʻlar ekan. Oybek, Tanlangan asarlar
-
-Ikkovi bitta odam-ku! — dedi Suyar, nima gap ekanini bilmay. A. Qahhor, Asarlar
5. Feʼllardan oldin kelib, shu feʼldan anglashilgan ish-harakatning bir marta bajarilishini bildiradi.
-
Hali kekkayib, bozordan qaytadi. Bolgʻa bilan bitta urib abjaq qilsang, tomosha qilsang. Oybek, Tanlangan asarlar
bitta soʻzi qatnashgan jumlalar:
Bitta-yu bitta
-
Soraxonning onasi hammaga: — Bitta-yu bitta qizimga ichkuyov orzu qilib yurar edim, xudo niyatimga yetkizdi, — deb yurdi. A. Qahhor, Sarob
-
Oʻziyam gap eshitmagan bitta-yu bitta odam — Gulsum opa boʻldi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
Yer (yoki hovli, dala, uy) bilan bitta boʻlmoq
-
Hovli bilan bitta boʻlib toʻkilgan dovuchchalar, barg/yur va xas-choʻplarni dastasi uzun supurgi bilan supurishga tushdi. H. Nazir, Soʻnmas chaqmoqlar
-
Dul urib, sinib ketgan gʻoʻzalar dala bilan bitta boʻlib yotardi. L. Tojiyeva, Tosh ustidagi gul
-
[Dadam] Uy bilan bitta boʻlib sochilib yotgan narsalarni yana bir koʻzdan kechirib chiqdilar. E. Raimov, Ajab qishloq
-
U Dildorning orqasi bilan bitta boʻlib yerga osilib tushgan, qirq bir kokil qilib oʻrilgan uzun qoʻngʻir sochlarini ham uzoqdan koʻrib, uzoqdan zavqlanib turibdi! M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
Yer bilan bitta qilmoq
-
Meni yer bilan bitta qilib ketyapti. Mayli, qulogʻida boʻlsin. Soʻnggi pushaymon oʻziga dushman boʻladi. N. Safarov, Saodatning qissasi
-
Kechikkan, ishni chala qoldirganni koʻrsa, qatagʻonga olib, yer bilan bitta qilib tashlaydi. S. Nurov, Narvon
BITTA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БИТТА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bitta so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar