buzrukvor
bilan ulashing
1. Ulugʻ, buyuk.
-
— Umidimiz faqatgina bir buzrukvor insonda, — dedi Abdulvohid yostiqdan bosh uzib, ingichka beliga qoʻllarini tirab. Oybek, Nur qidirib
-
Ruxsat eting, buzrukvor, oʻsha muborak omonatni muazzam manzilga yetkazishga biz ham urinib koʻrsak. M. Mansurov, Yombi
2. Ulkan hurmatga loyiq, muhtaram.
3. din. Aziz avliyo; mulla.
-
Ey buvish, koʻnglingizda shunday boʻlsa, shu yerda bir buzrukvor bor. Nurali
buzrukvor soʻzi qatnashgan jumlalar:
Padari buzrukvor
-
— Shuncha yil taʼlim bergan ustozingga quruq borasanmi? — dedilar padari buzrukvorimiz. S. Anorboyev, Hayotga yoʻllanma
-
Ey ota, padari buzrukvor, soʻzdan qaytish — nomardning ishi. Malikayi ayyor
-
Kuni kecha padari buzrukvorimiz meni oʻz huzurlariga chaqirib, fotiha berdilar. Mushtum
BUZRUKVOR so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЗРУКВОР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buzrukvor so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar