buzuq
bilan ulashing
1. Buzilib, yaroqsiz holga kelgan, ishdan chiqqan; singan, vayron boʻlgan.
-
Buzuq arava. Buzuq mashina. Buzuq koʻprik. Uyi buzuq oʻngalur, oʻyi buzuq oʻngalmas. Maqol
-
Turdiyev buzuq devordan oʻtayotganda, yara qoʻlini urib oldi. Shuhrat, Shineli yillar
2. Aynigan, isteʼmolga yaroqsiz boʻlib qolgan, sifatsiz; bemaza.
-
Buzuq sirka.
-
Sizga buzuq havoni tozalab bersak. Tabiatdek pokiza boʻlsinlar desak. Z. Diyor
-
Suv soʻragan ekansiz, ayang aylansin. Bizning suvlarimiz judayam buzuq bir turli. Hamza, Tanlangan asarlar
3. Qoidaga toʻgʻri kelmaydigan, notoʻgʻri.
-
[Abdishukur] Shoirlik isteʼdodidan tamom mahrum boʻlishiga qaramay vazni buzuq, fikri sayoz, rangsiz nazmlar yozdi. Oybek, Tanlangan asarlar
4. Axloqi yomon, suyuq; niyati yomon.
-
Asli qora oqarmas, Asli buzuq tuzalmas. Maqol
-
Yolgʻon, yolgʻon, Nuri oʻzi buzuq. Oybek, Tanlangan asarlar
-
Shernazarboy buzuq odam chiqdi, u koʻrnamak. Meni sizdan ajratmoqchi u ablah. J. Sharipov, Xorazm
5. koʻchma Yomon, oʻrinsiz.
-
Yigʻlama, yoring topilur. Koʻp aylama buzuq gumon. Tohir va Zuhra
6. koʻchma Aynigan, bulutli, yogʻin-sochinli.
-
Havo bir kun tuzuk boʻlsa, uch kun buzuq boʻlib turdi. N. Safarov, Navroʻz
-
Osmonda na oy va na yulduz koʻrinardi — havo buzuq edi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
buzuq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Avzoyi buzuq
Boshi buzuq
-
Amir qoziga buyruq yuborib, boshi buzuq oyoqyalanglarni va eski qullarning avlodini tutib qama, degan emish. S. Ayniy, Qullar
-
Avaz Oʻtar oʻgʻlining doʻkoni boshi buzuqlar joyi deb eʼlon qilinur! S. Siyoyev, Avaz
Kayfi buzuq
-
Bir ozdan soʻng Qosimbek kirdi. Uning kayfi buzuq edi. S. Siyoyev, Avaz
Nafsi buzuq
Niyati buzuq yoki buzuq niyat
-
Buzuq niyat raqiblarni hamma baxti qaro derlar. Habibiy, Devon
Orasi buzuq
-
Kabirov bilan Homidxoʻjaning orasi buzuq edi. S. Ahmad, Poraxoʻrning oʻlimi
-
Domla Burhon maxdumning boʻlsa, shogʻovul domla bilan oralari buzuq A. Qodiriy, Mehrobdan chayon
Ogʻzi buzuq
-
Hoy ogʻzi buzuq, meni chuqurdan olib chiqqaning rost! Lekin buni hammaga koʻrsata berma. T. Obidov, Yusuf-jon qiziq
Suyagi buzuq
-
Yarim harbiycha kiyingan, suyagi buzuq bu yigitning oʻzi armiyada artilleriya navodkachisi boʻlgan ekan. H. Nazir, Oʻtlar tutashganda
-
Suyagi buzuq bu odam shu tobda toshdan yoʻnilgan beoʻxshov haykalga oʻxshardi. E. Usmonov, Yolqin
BUZUQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БУЗУҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
buzuq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar