bo‘lish
bilan ulashing
Boʻlmoq I feʼlining birgalik nisbati.
-
Doʻstlar oʻylanib turib, keyin baxtlarini sinamoqchi boʻlishibdi. Ertaklar
-
Ilgari “singlim“ deb turgan yigitlar, sal oʻtmay, opa deydigan boʻlishdi. A. Qahhor, Maston
1. Koʻmaklashmoq; yon bosmoq, tarafini olmoq.
-
Boʻlmaganga boʻlishma. Maqol
-
Yomon yovga boʻlishar. Maqol
-
Sizga Shukurjon aytgan ekan-ku uning qanaqa ishlar qilganini, nima qilardingiz unga boʻlishib. O. Yoqubov, Ota izidan
-
Oʻn toʻrt kunda osmonda oy toʻlisharkan, Mehnatkashlar bir-biriga boʻlisharkan. Qoʻshiqlar
2. etn. shv. Bitishmoq, unashmoq, kelishmoq.
-
Asrorqulning oʻgʻli Yodgorboy askarlikni bitirib kelganda, Haydar otaning jiyaniga boʻlishamiz, deb turishgan edi, mana bu urush chiqdi-yu, toʻy keyinga qoldi. A. Qahhor, Asror bobo
1. Boʻlmoq II feʼlining birgalik nisbati.
-
Teng boʻlishmoq.
-
Oʻrmonjon Abdusamatqori bilan til biriktirib, ikki yuz yigir-ma besh sarjin oʻtin sotgan va pulini ikkovi boʻlishib olgan. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Iftordan soʻng chugʻurlashib, ramazon aytib, yigʻilgan narsalarimizni boʻlishib boʻlgach, kattalar oldiga sekin boʻylarimizni kuchimiz yetguncha choʻzishib borardik. Yoshlik
2. koʻchma Oʻrtada baham koʻrmoq.
-
Topganini boʻlishmoq.
-
U [Fotima] maqtanish uchun emas, balki oʻz quvonchini birdan-bir yaqin qarindoshlari bilan boʻlishmoqchi, ulardan yaxshi soʻzlar eshitmoqchi edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
BO‘LISH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛИШ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘lish so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar