bo‘liq
bilan ulashing
1. Yaxshi oʻsgan, durkun; toʻlishgan; toʻla, semiz.
-
Laʼlining boʻliq gavdasi unga ikki-uch yosh ulugʻvorlik qoʻshib turar, yaqinda maktabni bitirgan qizga oʻxshamas-di. D. Nuriy, Osmon ustuni
-
Tez-tez nafas olganida, boʻliq koʻkraklari koʻtarilib-koʻtarilib tushadi. T. Ashurov, Oq ot
-
Bu parivash jiyakli qizil atlas lozimi yal-yal yonib, boʻliq boldirini quchoqlab turgan, oʻzi alvon turli gullarni sugʻorib yurgan Shahzodaxon edi. K. Yashin, Hamza
-
Sharofat xola qurtxonaga kirib, soʻkchakdagi vishillab barg yeb yotgan boʻliq qurtlarni koʻrib, hang-mang boʻlib qoldi. Gʻayratiy, Dovdirash
2. Boʻrsildoq, koʻpchib turgan, boʻz.
-
Birov boʻliq yerga omoch solyapti, birovi yosh-yosh oʻgʻillarini yoniga olib, ariq kovlab, yuqoriga tuproq otadi. X. Toʻxtaboyev, Yillar va yoʻllar
-
Boʻliq tuproq bagʻrini yorib, nozik-yashil maysa uygʻondi. Saodat
-
allaqayoqda boʻgʻiqqan momaqaldiroq guldurab, beozorgina yomgʻir savalab oʻtdi, boʻliq tuproq hidi anqidi. A. Muxtor, Chinor
3. Yaxshi rivojlangan, baravj; tiqmachoq,
-
Bugʻdoy shunday oʻsiq va boʻliq ediki, bu masofadagi pastqam tepaliklar, soyliklar bilinmasdi. O. Yoqubov, Er boshiga ish tushsa
-
Qovunlar boʻliq palak orasidan moʻralab, meni uz deyayotgandek. Gazetadan
-
Paxtakorlarimiz asosiy eʼtiborni boʻliq koʻsak toʻplashga qaratdilar. Gazetadan
-
Gʻoʻzaning shoxlarida marjondek tizilgan boʻliq, semiz koʻsaklar goʻyo chimmatlarini ochib, jamolini koʻz-koʻz qilayotgan goʻzal qizlarga oʻxshaydi. N. Safarov, Olovli izlar
4. Moʻl, barakali (hosil haqida).
-
Boʻliq hosil bilan saxiy kuz keldi. E. Rahim, Yangi qadam
-
Oʻz vaqtida, xatoning oldini olib berilgan ishlov gʻoʻzalarning boʻliq hosilga kirishiga yordam berdi. J. Abdullaxonov, Toʻyga kelinglar
BO‘LIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘liq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar