qo‘ri
bilan ulashing
1. (bosh va tushum kelishiklari bilan) Himoya qilmoq, saqlamoq, qoʻriqlamoq.
-
Bogʻ(ni) qoʻrimoq. Yurt qoʻrisang, oʻzarsan, qoʻrimasang, toʻzarsan. Maqol
-
Polizning qorovuli ham hosilini oʻtgan-ketgandan qoʻriydi. N. Qobil, Unutilgan sohillar. Mollarni koʻrib yotgan itlar yugurib kelib, Oyqizjonni tanib, oʻynashib sakray berdi. Folklor
2. (tushum kelishigi bilan) Oʻzini yoki biror kimsani, narsani qush, pashsha va shu kabilardan himoya qilish uchun uni quvmoq, haydamoq.
-
Soyaga bogʻlab qoʻyilgan otlar erinibgina pashshalarini qoʻriydilar. J. Sharipov, Saodat
-
[Roziya xola:] — Hozirok bir bolani chumchuq qoʻriydigan qilib qoʻy! — deb Zuhrani koyib berdi. N. Nazarov, Zamon
-
Mulla Said Jalolxon burniga qoʻngan pashshani qoʻlidagi roʻmolcha bilan koʻrish malol keldi shekilli, ostki labini choʻzib, puf dedi. A. Qahhor, Bashorat
qo‘ri soʻzi qatnashgan jumlalar:
Pashsha qoʻrimoq yoki pashsha qoʻrib oʻtirmoq
-
Aytganingizday, bir soatdan beri pashsha koʻrib oʻtiribman. I. Rahim, Ixlos
-
Ana undan keyin shaharda bemalol pashshalaringni koʻrib oʻtiraverasizlar. Shuhrat, Jannat qidirganlar
QO‘RI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ri so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar