qo‘r
bilan ulashing
1. Mayda choʻgʻ aralash issiq kul; mayda choʻgʻ.
-
Qoʻrga koʻmib pishirilgan joʻxori.
-
Hovli oʻrtasidagi bir buzoq bilan ikki qoʻy goʻshti solingan doshqozon tagida hamon oʻt yonar, oʻchoq oldiga tortilgan qoʻrda esa, xizmatkorlar isinib oʻtirishardi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Chovgumlardagi choy ichib boʻlingan, gulxanning qoʻri soʻna boshlagan. H. Nuʼmon, Qahramonning tugʻilishi
2. koʻchma Qalb harorati, oʻt, oʻgʻit.
-
Jamila xolaning tabiati shunaqa. Yuragidagi yoshlik qoʻri uni doim ishga, odamlar orasiga undaydi. E. Nosirov, Tashakkur sizga, xolajon!
-
Qani, marhamat, barno yigit, uyimizning toʻri, qalbimizning qoʻri sizniki. Oʻtiring! S. Karomatov, Hijron
1. Yigʻib, toʻplab, gʻamlab qoʻyilgan kerakli narsa; zaxira, boylik.
-
Qoʻr qilmoq.
-
Domlaning aytishicha, qoʻr bitgan, bisotda ortiqcha pul qolmagan. A. Qahhor, Sarob
-
U bir podsho boʻlsa, unda qoʻr-u qoʻrxona, toʻp-u toʻpxona, harna asbob, lashkar, olomon koʻp boʻlsa. Ravshan
2. Qut, baraka.
-
Oxir pullarimiz ham sovurilib, qoʻri oʻcha boshladi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
qo‘r soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻr toʻkmoq (yoki tashlamoq)
-
Otam sen bilan urishaman deb, yana qoʻr toʻkib yotibdi, botirligingni koʻrsat! Murodxon
-
Dushmanlar kelibdi Yaman qasdiga, Qoʻr tashlab yotganmish togʻning ostiga. Folklor
-
Goʻri Amir qoʻr toʻkib magʻrur, Pahlavonday menga tikilar. M. Ali
-
Boshliq kresloda hamon qoʻr toʻkib oʻtirardi. N. Aminov, Suvarak
QO‘R so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎР so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘r so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar