qo‘riq
bilan ulashing
1. kam qoʻll. Himoya, mudofaa, saqlash.
-
Basharti, qotil men boʻlib koʻringanimda ham, molim va jonim qoʻrigʻida oʻgʻrilarni oʻldirganligim uchun yana gunohkor boʻlmas edim. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
2. Soqchilar turadigan va ular himoyasi-da qoʻriqlab, saqlab turiladigan joy.
-
Koʻkcha qoʻrgʻonlari qoʻrigʻida anovi qoʻrgʻonlarnikidek mudofaalar koʻp boʻlmasa ham, yoʻq emas edilar. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. Ekin yoki daraxt ekilgan, shuning uchun ham qoʻriqlab turiladigan yer maydoni; ekinzor, bogʻ va shu kabilar
-
Suv talashgan boʻlsak, siz ham, men ham oʻz qoʻrigʻimiz uchun emas, kolxoz, xalq manfaati uchun talashdik. Oybek, Oltin vodiydan shabadalar
4. Ilgari yoki qachonlardir ekin ekilgan, keyincha ekilmay tashlab qoʻyilgan yer.
-
Qorabuloqda bekor yotgan egasiz, qaqrab yotgan koʻriklar koʻp. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Ne-ne umidlar bilan olingan yer, bolalar yosh va Anzirat xolaning oʻzi dardchil boʻlgani uchun, ekuvsiz qolib, qoʻriqqa qoʻshilib ketdi. A. Qahhor, Qoʻshchinor chiroqlari
-
Yoshligimni qoʻmsab, kitob ochganday, Ming yillik koʻrikning bagʻrin ochaman. S. Akbariy
5. Hali ishlanmagan, dehqonchilik qilinmagan, ammo ekishga yaroqli joylar; boʻz yer.
-
Qoʻriq va boʻz yerlarni oʻzlashtirish.
-
Koʻklamda ona-bola togʻ etagidagi qoʻriqlikka chiqib, belkurak bilan yer agʻdarib, lalmi bugʻdoy ekishdi. P. Qodirov, Uch ildiz
6. sheva Halqa qilingan arqon.
-
Sherigi koʻliga koʻrik oladi, Qoʻriqligin Oychinor ne biladi. Oysuluv
qo‘riq soʻzi qatnashgan jumlalar:
Qoʻriq ochmoq
-
Kanal boʻylari, yangi ochilgan koʻrik. u yerdagi dasht brigadasi xayolidan oʻtdi. I. Rahim, Chin muhabbat
QO‘RIQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРИҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘riq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar