qo‘rq
bilan ulashing
1. Qoʻrquv his etmoq, qoʻrquv hissiga berilmoq.
-
U hech narsadan qoʻrqmaydi. Qoʻrqqanga qoʻsha koʻrinar. Maqol
-
Teshaboyning jahli chiqdi: — Teshganda koʻzingizni teshmaydi-ku! Muncha qoʻrqmasangiz? M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Kelin qoʻrqqanidan hushi ketib qoldi. Hamza, Burungi qozilar
2. Qoʻrqoqlik, yuraksizlik qilmoq, yuragi betlamay, dov bermay qochmoq.
-
Qoʻrqqan oldin musht koʻtarar. Maqol
3. Hadik olmoq: botina olmaslik, yuragi dov bermaslik; choʻchimoq.
-
Hayot xuddi yiqilib ketishdan qoʻrqqandek, bir qoʻli bilan tanchani ushlab, yuzini yigitdan xiyol qochirib oʻtirardi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
-
Dardini aytibdi-yu, familiyasini aytgani qoʻrqibdi. S. Siyoyev, Otliq ayol
QO‘RQ so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРҚ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
Foydalanuvchilar tomonidan QO‘RQ so‘ziga berilgan ma’nolar
qo‘rq so‘ziga yangi izoh qo‘shing
Oldingi 10 ta so‘z
Keyingi 10 ta so‘z
qo‘rq so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс Bing