qo‘riqchi
bilan ulashing
1. Himoya qiluvchi, himoyachi, soqchi, posbon.
-
Chegara qoʻriqchilari.
-
Darvozaxona ustidagi qoʻriqchilar Boburning odamlarini masxara qilib kulishardi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
2. Qushlarni choʻchitish, ulardan bogʻ, poliz va shu kabilarni qoʻriqlash uchun oʻrnatilgan qoʻgʻirchoq odam; qaratqi.
-
Meni nima deb oʻylaysan-a. Sen uchun paykaldagi qoʻriqchimanmi? Sh. Rashidov, Boʻrondan kuchli
-
Shuning uchun eski chopondan polizimizga qoʻriq-chi qildim. S. Siyoyev, Yorugʻlik
Qoʻriq yer ochuvchi, qoʻriq yerda ishlovchi shaxs.
-
— Agar orzu qilmasak, hosillarimiz qamrovini cheklab qoʻysak, un-da ertangi kunimiz nima boʻladi? — deydi qoʻriqchilar. Oʻzbekiston qoʻriqlari
-
Ol-toyning bepoyon qirlarini oʻzlashtirish uchun joʻnab ketayotgan qoʻriqchilar bu yerga kelar edilar. Gazetadan
QO‘RIQCHI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРИҚЧИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘riqchi so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar