qo‘rqinchli
bilan ulashing
1. Kishini qoʻrquvga, vahimaga, dahshatga soladigan, dahshatli, vahimali.
-
Qoʻrqinchli tush. Qoʻrqinchli manzara.
-
Uning rangi oqarib, vajohati qoʻrqinchli tus olgan edi. M. Hazratqulov, Jurʼat
-
Odamlarning uningsiz ham xarob egni-boshlari toʻkildi, afsonalardagi yaʼjuj-maʼjuj kabi qoʻrqinchli tus oldi. M. Ismoiliy, Fargʻona tong otguncha
2. Kishini xavotirlikka soladigan, bezovta, xavotir qiladigan; xavfli, xatarli.
-
Qoʻrqinchli kasallik.
-
Uzun va issiq yoz kunida podshohni saharliksiz qoldirish begimlar uchun oʻzlari och-nahor qolishlaridan qoʻrqinchliroq edi. P. Qodirov, Yulduzli tunlar
QO‘RQINCHLI so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРҚИНЧЛИ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘rqinchli so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar