qo‘rqinch
bilan ulashing
1. Qoʻrquv holati, hissi; qoʻrquv, dahshat, vahima.
-
Uning vujudini qoʻrqinch qamrab oldi. Qoʻrqinchga tushmoq.
-
Nigoraning hamon qoʻrqinch, dahshat toʻla koʻzlarida minnatdorchilik uchquni yiltiradi. S. Anorboyev, Oqsoy
2. Xavotirlik, bezovtalik holati, hissi; xavfsirash, hadiksirash; hadik.
-
Nikolinning qalbini yangi bir qoʻrqinch tatalardi. Oʻq-dori, oziq-ovqat unda chegarali edi. Oybek, Quyosh qoraymas
-
Endi bu ikkinchi soxta xatni yozdirishda, garchi hozir Otabekning qoʻlyozmasi oʻz qoʻlida boʻlsa ham, yana qoʻrqinchi yoʻq emas edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
3. aynan Qoʻrqinchli.
-
Otabek sapchib ketdi, tusi qoʻrqinch holga kirgan edi. A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
-
Toshni toshlarga urib, Tarqatib qoʻrqinch ohang. Gʻayratiy
-
Kumushbibi ortiq chidolmadimi, qoʻrqinch bir tovush bilan hayqirdi: — Oh, oʻlaman, koʻp soʻzlama! A. Qodiriy, Oʻtgan kunlar
QO‘RQINCH so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРҚИНЧ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘rqinch so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar