qo‘ra
bilan ulashing
1. Yogʻoch, shox-shabba, panjara va shu kabilardan qilingan toʻsiq, gʻov, devor va shunday devor bilan oʻralgan joy.
-
Ovulning qamish qoʻralari sovurilib ketdi. A. Muxtor, Qoraqalpoq qissasi
-
Qoʻra orqasida arava gʻildiraklarining gʻijir-gʻijiri eshitildi. H. Gʻulom, Mashʼal
2. Shunday joyda yashaydigan kishilar birligi.
-
Tursunboy oldinda, hamqishloqlari bir qoʻra boʻlib kelishdi. Oʻzbekiston qoʻriqlari
3. Asosan, qoʻylar saqlanadigan joy.
-
Demak,- qoʻzisi bor qoʻylarni ajratib, qoʻra atrofida boqish lozim. Yoshlik
-
Hademay, kuz tugab, qish kiradi. Koʻylar qoʻralarga, qoramollar ogʻillarga kiritiladi. Gazetadan
4. eskirgan Atrofi devor bilan oʻralgan hovli-joy, turarjoy.
-
Rahim domla ilgarilari Arslonbekning ulfati boʻlib, bu xasis boy qoʻrasiga kam kelardi. H. Gʻulom, Mashʼal
-
Katta boylarning Toshkent yangi shaharida bir nechadan qoʻrasi boʻlib, ularni ijara qoʻyib, dunyo toʻplar edilar. M. Muhammadjonov, Turmush urinishlari
QO‘RA so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
ҚЎРА so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
qo‘ra so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar