bo‘lim
bilan ulashing
1. Qism, xona va shu kabilarga ajratilgan narsalarning har bir qismi, xonasi; boʻlmasi.
-
Binoning boʻlimlari. Kemaning boʻlimlari.
2. Idora va turli ishxonalarning maʼlum ish bilan shugʻullanadigan har bir qismi; muayyan idoraga qarashli quyi idora, shoʻba.
-
Vazirlikning kadrlar boʻlimi. Institutning boʻlimlari. Shahar moliya boʻlimi.
-
Vakillarning uncha katta boʻlmagan apparatida oziq-ovqat, moliya va maʼmuriy boʻlimlar bor. Sh. Xolmirzayev, Soʻnmas oʻt
-
Maorif boʻlimida ish qizgʻin edi. P. Tursun, Oʻqituvchi
-
Mahvashning otasi — rayon moliya boʻlimining mudiri. T. Ashurov, Oq ot
-
Nusratbek aloqa boʻlimiga ikki-uch marta borib, uyi bilan gaplasha olmadi. S. Nurov, Maysalarni ayoz urmaydi
3. Magazin, muzey, ombor va shu kabilarning bir turdagi narsalar toʻplangan (qoʻyilgan) har bir qismi.
-
Magazinning poyabzal boʻlimi. Muzeyning qadimgi dunyo boʻlimi.
-
Magazinda hozir oʻn beshta boʻlim ishlab turibdi. Gazetadan
-
Vaqt oʻtkazmay, [magazindan] oʻzingizga kerakli boʻlimda bir zumda ishingizni bitirib chiqasiz. Gazetadan
4. Ilmiy ish yoki badiiy asarning, davriy nashrlar va toʻplamlarning har bir mustaqil qismi.
-
Dissertatsiya besh boʻlimdan iborat. Romanning uchinchi boʻlimi. Jurnalning bibliografiya boʻlimi. Gazetaning eʼlonlar boʻlimi.
-
Biror abzasga kelib, soʻngra qarasa kerak, deb oʻyladim. Yoʻq, bir necha bet va hatto katta bir boʻlimdan ham oʻtib ketdi, qaramadi. Oydin, Uyaldi shekilli, yerga qaradi
-
Studentlik chogʻlarimda redaksiyalardan biriga sheʼr olib bordim. Boʻlimdagilarga maʼqul boʻlib, olib qolishdi. Shukrullo, Javohirlar sandigʻi
5. Oʻlchov asboblarining koʻrsatkichlari oraligʻi.
-
Termometr boʻlimlari.
BO‘LIM so‘zining sinonimlarini Sinonim.uz saytida qidirib ko‘ring.
БЎЛИМ so‘zining kirillcha yozilishi Lotin.uz sayti tomonidan taqdim qilingan.
bo‘lim so‘zi ishlatilgan saytlarni internetda qidiring
Google Яндекс BingSiz uchun qiziq bo‘lishi mumkin bo‘lgan so‘zlar